Sport | 17:07 / 20.12.2019
17506
1 daqiqa o‘qiladi

Mirjalol Qosimov deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekistonlik taniqli sobiq futbolchi va murabbiy Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarda ishtirok etadi.

Olmaliqning OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarga tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilgan. 

Hozirda O‘zbekiston Superligasi klublari qishki ta'tilda ekanligi bois, 49 yoshli murabbiy futboldan tashqari vaqtini saylovdagi faollik bilan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi 2019 yilgi O‘zbekiston chempionatini 8-o‘rinda yakunladi. Olmaliqliklar O‘zbekiston kubogi va liga kubogi finallarida «Paxtakor»ga qarshi to‘p surib, mag‘lubiyatga uchrashdi.

Mavzuga oid