Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yuz bergan yong‘in oqibatida 5 yoshli qiz halok bo‘ldi
2019 yilning 23 dekabr kuni soat 00:48da Buxoro shahrining Maxtumquli ko‘chasida joylashgan 9-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 9 daqiqada (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 8 km) yetib borgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:05da qurshab olingan va soat 02:15da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 45 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 150 kv. metr.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining 2014 yilda tug‘ilgan qiz nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘inni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining noto‘g‘ri o‘rnatilishi, deb taxmin qilinmoqda.
Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025