Jamiyat | 10:18 / 30.12.2019
8557
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda tilla buyum o‘g‘rilari ushlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 6 oktabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro, 35 yoshli M.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar beryapti IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U shu kuni taxminan soat 08:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqtda, noma'lum shaxslar uyiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 6.800.000 so‘m miqdoridagi tilla buyumlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi ma'lum qilib, ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ayollar - 43 yoshli X.Yu., 33 yoshli S.S., 29 yoshli F.K., 27 yoshli G.U. va 21 yoshli M.Yu. sodir etganligi aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarar tergov jarayonida qoplangan.

Fuqarolar X.Yu. va M.Yu.ga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik), G.U., S.S. va F.K.ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblov e'lon qilingan va barchasiga “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Mavzuga oid