Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Karlos Gonning xotinini hibsga olishga order berildi
Tokio okrug prokuraturasining tergov bo‘limi Nissan avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonning xotini Karol Gonni hibsga olish uchun orderga ega bo‘ldi. U yolg‘on guvohlik berishda ayblanmoqda. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Prokuratura Karol Gonni 2019 yil aprelda yolg‘on guvohlik berganlikda ayblamoqda. Ayol Yaponiyani o‘tgan yilning bahorida tark etgandi.
Karlos Gon va uning "o‘ng qo‘li" Greg Kelli 2018 yil 19 noyabrda daromadlarni yashirishda ayblanib hibsga olingandi.
O‘tgan yil bahorda Gon 1,5 milliard iyen (14 million dollar) garov evaziga mamlakatni tark etmaslik sharti bilan ozodlikka chiqarilgandi. 2020 yil bahorida sudlanishi kutilayotgan Gon 30 dekabrda Livanga qochib ketdi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:04 / 23.11.2020
BMT Yaponiyadan Nissan sobiq rahbariga kompensatsiya to‘lashni talab qildi
15:17 / 08.07.2020
Karlos Gon o‘zining Yaponiyadan Livanga qochishini tashkillashtirgan shaxsga 862 ming dollar o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi
14:34 / 22.01.2020