Jahon | 12:40 / 08.01.2020
18679
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning fuqarolik samolyotlariga Eron va Iroq ustidan uchish taqiqlandi 

AQShning Federal aviatsiya boshqarmasi fuqarolik samolyotlariga Iroq, Eron, Fors va Ummon ko‘rfazlari ustidan uchishni taqiqladi. Boshqarma bu haqda tvitterda ogohlantirdi.

“Boshqarma Yaqin Sharqdagi vaziyat ortidan batafsil kuzatishni davom ettiradi”, deyilgan xabarda.

Ogohlantirishga ko‘ra, taqiqlov Yaqin Sharqdagi yuqori darajadagi harbiy faollashuv va siyosiy keskinlik sababli kiritilgan. Ta'kidlanishicha, bunday vaziyat hisob-kitoblardagi xatolar va samolyotlarning noto‘g‘ri identifikatsiyasi oqibatida AQSh aviatashuvchilari faoliyatiga xavf soladi.

Avvalroq Pentagon Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berganini tasdiqladi. Raketa hujumiga Ayn al-Asad bazasi va Erbildagi aeroport uchragan. 

Mavzuga oid