Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izmirdagi mebel do‘konidan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar kuni Izmir shahridagi mebel do‘konlaridan birida u yerda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi A.A.ning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.
TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda A.A.ning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Mavzuga oid
02:16 / 18.09.2024
Turkiyada ko‘zni bo‘yashda ishlatilgan 8,2 ming yillik toshqalam topildi
20:06 / 12.09.2023
Samarqand – Izmir yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022