Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etdi.
Bugun, 8 yanvar tongida Eronda «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Tehrondan Kiyevga parvoz qilgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 176 kishi bo‘lgan, yo‘lovchi va ekipaj a'zolaridan hech kim omon qolmagan. Qurbonlarning 82 nafari eronlik, 63 nafari kanadalik, 11 nafari ukrainalik, 10 nafar shvetsiyalik, 4 nafar afg‘onistonlik, Germaniya va Buyuk Britaniyadan esa 3 nafardan fuqaro bo‘lgan.
TIV ushbu reysda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmaganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:33 / 02.02.2025
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi
15:31 / 18.01.2025
Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi
09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi
10:50 / 23.10.2024