Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada erkak vazir ilk bor “dekret” ta'tilini olmoqda
Yaponiyaning atrof-muhit vaziri, sobiq bosh vazir Koidzumi Dzyunitironing o‘g‘li Koidzumi Sindziro yanvarda dunyoga keladigan birinchi farzandini parvarishlash uchun ta'til olishga qaror qildi.
“Men atrof-muhit vazirligida xodimlar hech uyalmasdan bola parvarishi bo‘yicha ta'til olishlarini istayman”, deb aytgan vazir.
Vazir farzandi dunyoga kelgach 3 oy davomida umumiy hisobda 2 haftalik ta'til olishi mumkin bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, vazirning ta'tili uning faoliyatiga ziyon yetkazmagan holda asosan qisqa ish kuni yoki masofadan ishlash hisobiga shakllantiriladi. U, shuningdek, bu vaqt ichida xodimlari bilan videoaloqa va elektron pochta orqali muloqot qilish usulidan faol foydalanmoqchi.
Yaponiyada bolani parvarishlash ta'tilini olishga onalar bilan bir qatorda otalarga ham qonunan ruxsat berilgan. Biroq erkaklarning juda oz qismi bu imkoniyatdan foydalanadi. Buning asosiy sababi – yaponiyalik erkaklar o‘z vazifalarini hamkasblari gardaniga yuklashni istamaydilar. Biroq mutaxassislarning fikricha, “dekret” ta'tillarining keng tatbiq qilinishi bosh vazir Sindzo Abe o‘z oldiga qo‘yayotgan ikkita bosh masala: tug‘ilish darajasini oshirish va ayollarni ishlashga faolroq jalb qilish masalalarini hal qilishda yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025