Jahon | 15:45 / 16.01.2020
10660
1 daqiqa o‘qiladi

Louis Vuitton dunyodagi eng yirik olmoslardan birini sotib oldi

Foto: Louis Vuitton / Grégoire Vieille

Fransiyadagi Louis Vuitton modalar uyi og‘irligi 1758 qirot bo‘lgan dunyodagi eng yirik olmoslardan birini sotib oldi. Olmosni Kanadaning Lucara Diamond Corp tog‘-kon kompaniyasi Botsvanada qazib olgan, deb xabar bermoqda New York Times gazetasi.

Kompaniyaning ma'lumot berishicha, u insoniyat tarixidagi eng yirik olmoslardan biridir. Olmosning og‘irligi 352 gramm atrofida.

Louis Vuitton ijrochi direktori Maykl Byorki uning necha pulga sotib olinganini aytishni istamadi va "bir necha million" turishini aytdi.

Antverpen olmos birjasining sobiq rahbari Marsel Pryuverning so‘zlariga ko‘ra, "bunday tosh bilan qanday muomala qilishni biladigan va uning uchun pul to‘lashga tayyor insonlar dunyo bo‘yicha o‘ntadan ham oshmaydi".

Mavzuga oid