Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda «tramadol» sotuvchilar ushlandi
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “tramadol” sotuvchilar ushlandi
2020 yilning 27 yanvar kuni taxminan 10:00larda Bog‘ot tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvand vositalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tadbir jarayonida 45 yoshli T.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan vaqtida, T.R.ning yonida 1 ta konvalutadagi 10 dona “Tramadol” tabletkalari, 48 yoshli M.O.ning yonida “Tramadol” yozuvli 14 ta konvalutadagi 140 dona “Tramadol” tabletkalari va T.Q.ning yonida 1 ta konvalutadagi 4 dona “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlangan.
M.O. o‘zining tanishi 39 yoshli G.R.dan 15 ta konvaluta “Tramadol”ni 1.700.000 so‘m evaziga sotib olgan, undan 4 dona tabletkani tanishi T.K.ga tekinga hadya qilgan va 10 dona tabletkani 160.000 so‘m evaziga T.R.ga sotib, tabletkalarning qolganlarini esa o‘tkazish maqsadida yonida saqlab qo‘ygan. Aniqlangan narsalar ashyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, tadbir davomida 39 yoshli G.R. 10 ta konvaluta “Tramadol”ni jami 1.200.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida G.R.ning yonida yana 3 ta konvalutadagi 30 dona “tramadol” tabletkalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda fuqarolar M.O. va G.R. protsessual tartibda ushlanganlar. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025