Jahon | 11:10 / 05.02.2020
21595
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlikning o‘limida ayblanayotgan Xitoy fuqarosi shikoyat arizasi bilan chiqdi

Tomskning Kirov tuman sudiga Xitoy fuqarosi Sun Annining hibsga olinishi yuzasidan shikoyat arizasi kelib tushdi. Anni Asino tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida 12 nafar ishchisi halok bo‘lgan «Grin Vud» MChJ direktori sanaladi.

Foto: Rossiya FVV

«Interfaks» xabariga ko‘ra, shikoyat arizasi ayblanuvchining advokatlari tomonidan berilgan.

«Ayblanuvchining advokatlaridan sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat arizasi kelib tushdi», - dedi sud matbuot xizmati xodimi.

21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk oblasti Asino tumanidagi bir qavatli yog‘och uyda yong‘in ro‘y berib, uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgandi. 

Dastlabki xabarlarda yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgandi. Keyinroq yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 11 kishiga yetgani xabar qilindi.

Binoni xitoylik investorga tegishli bo‘lgan «Grin Vud» MChJ ijaraga olgan.

Sun Anni

Odamlarning o‘limi tufayli Rossiya Tergov qo‘mitasining Tergov boshqarmasi RF Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi (ehtiyotsizlik sababli ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limi).

«Grin vud» kompaniyasi 2011 yilda Tomsk oblasti Asino shahrida ro‘yxatga olingan. Sun Anni ismli shaxs 2019 yildan buyon uning direktori hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid