Sobiq «Chorsu» mehmonxonasini sotib olgan tadbirkor mavjud binoni buzishi mumkinmi?
Xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan, uning bugungi taqdiri bilan ko‘pchilik qiziqadigan sobiq «Chorsu» mehmonxonasi takroriy savdoga chiqarildi. Ushbu mahmonxona atrofidagi turli gap-so‘zlar ushbu binoga aloqasi yo‘q insonni ham bee'tibor qo‘ymaydi.

Foto: KUN.UZ
«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali 2019 yilda ushbu bino boshlang‘ich narxi 1 so‘mlik narxda savdoga chiqarilgan edi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi buyurtmasiga asosan sotuvga qo‘yilgan bino-inshoot uchun 25 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya majburiyati o‘rnatilgan edi.
Endilikda takroran savdoga chiqarilgan obektni sotishda belgilangan chet el valutasi (AQSh dollari) bilan bog‘liq talablar va majburiyatlar milliy valuta-so‘mda (to‘lov amalga oshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valuta ayrboshlash rasmiy kursi bo‘yicha) amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, auksion g‘olibining investitsion loyihasida mehmonxona majmuasining mavjud bino-inshootlarini buzish nazarda tutilgan bo‘lsa, buziladigan bino o‘rnida bunyod etiladigan mehmonxona majmuasining kamida uch yulduzli standartga mos kelishi talabi o‘rnatilgan. Bunda yangi mehmonxona binosi tashqi dizaynini buzilgan bino tashqi dizayniga aynan bir xil etib ishlab chiqish, yangi majmua balandligi buzilgan bino balandligidan past bo‘lmasligi zarur.
Yangi mehmonxona dizayni va qurilish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan majburiy tartibda kelishilishi shartligi qayd etilgan. Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlarga tayagan holda aytish mumkinki, sobiq «Chorsu» mehmonxonasining hozirgi bino-inshootlarini buzish mumkin, biroq yangi inshootni qurganda talablarni unutmaslik lozim.
«Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi» DUK PR-xizmati
Mavzuga oid

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

13:00 / 04.11.2024
Toshkentdagi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

17:15 / 25.07.2024