Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki kun ichida 224ta pichoq olib qo‘yildi - IIBB
Toshkentda IIBB xodimlari 12 va 13 fevral kunlari davomida 224ta pichoqlarni olib qo‘yishdi
Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyim cho‘ntagida yoki avtomobil salonida saqlaganlar, ammo maqsadlari ularni charxlash yoki YTHda jabrlangan kishining xavfsizlik kamarini kesishda bo‘lmagan. Ba'zi fuqarolarda ikki-uchtadan pichoq, bita, metall simlar bor edi.
IIBB xabariga ko‘ra, olib qo‘yilgan pichoqlar yaxshi charxlangan, ko‘plarining tig‘lari 20 sm.dan oshgan va kertiklari hamda qon oqish joylari ham bor edi. Ya'ni, ushbu pichoqlar va bitalar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari yetkazish mumkin bo‘lgan sovuq qurol sifatida saqlangan.

Pichoqlardan tashqari, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari (beysbol sport sifatida bizda keng tarqalmagan paytda), metall sim va tayoqlar, pnevmatik to‘pponcha olib qo‘yildi.

Mavzuga oid
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
12:55 / 01.03.2025