Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlarda ustunlik mavqeiga ega davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 20 foizga qisqaradi
Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh etish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
davlat ishtirokidagi korxonalarni xatlovdan o‘tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‘nalishlardagi korxonalarda davlat ishtirokini kamaytirish;
tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeiga ega davlat ishtirokidagi korxonalar sonini kamida 20 foizga qisqartirish;
xususiy sektorni davlat organlari xo‘jalik funksiyasini bajaradigan sohalarga jalb qilish;
xususiylashtirish imkoni bo‘lmagan davlat korxonalari boshqaruviga professional menejyerlarni, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
davlat organlari tomonidan ta'sis etilgan, raqobatga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi, davlat va tabiiy monopoliya sub'yektlari ishtirokidagi yirik xo‘jalik sub'yektlari bilan affillangan davlat unitar korxonalari sonini qisqartirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni tuzishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish;
raqobat muhiti shakllangan, bazaviy tarmoq korxonalari bo‘lmagan korxonalardagi, jumladan donni qayta ishlash, alkogol mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda davlat ulushlarini sotish va ularning yuqori turuvchi birlashmalarini tugatish;
“davlat unitar korxonasi” tashkiliy-huquqiy shaklini qonunchilikdan chiqarish bo‘yicha taklif tayyorlash;
davlat ishtirokidagi bazaviy va infratuzilmaviy korxonalarni isloh qilish, ular faoliyatiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish, xalqaro auditdan o‘tkazish va xalqaro reyting olish;
Navoiy va Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik, yuqori daromad beradigan korxonalarni aksiyalashtirib, nazorat ulushini davlatda saqlab qolgan holda, aksiyalarning bir qismini sotuvga chiqarish;
2020 yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, zaxiralarni qayta hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish ishlarni yakunlash;
neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish;
2020 yilda kamida 20 ta aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) orqali sotish;
davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini ular sonini qisqartirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Energetika vazirligi, Savdo-sanoat palatasi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024