Ukrainaning sobiq prezidenti: Zelenskiyda “parchalangan” Ukrainani birlashtirishga imkon bor
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Maydandagi voqealarning 6 yilligi munosabati bilan hamyurtlariga murojaat qildi va o‘sha voqealarni “Ukrainani parchalagan davlat to‘ntaruvi” deb atadi. Yanukovichning aytishicha, amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyda Ukrainani “birlashtirishga imkon bor”.
Sobiq prezidentning ta'kidlashicha, Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidagi ilk harakatlari “mamlakatda tinchlik, adolat va barqarorlik o‘rnatilishiga umid beradi”. Sobiq prezidentning ukrainaliklarga murojaati matnini Facebook’da uning advokati Vitaliy Serdyuk e'lon qilgan.
Yanukovichning aytishicha, Kiyevdagi 2014 yilgi noroziliklar ko‘plab fuqarolar uchun “Ukraina tarixida qora sahifa ochgan dahshatli fojia”ga aylandi.
“Davlat to‘ntaruvi yetakchilari o‘zining qonli yo‘lini Maydanda boshladi va oqibatlarini o‘ylab o‘tirmay, uni Donbassga ko‘chirdi”, deb aytgan sobiq prezident.
Uning fikricha, Maydandagi voqealar Ukrainani parchalashda davom etmoqda. Bunga mamlakatning 5-prezidenti Pyotr Poroshenko va uning “sheriklari” sababchi hisoblanadi. Yanukovning aytishicha, 2014 yilgi voqealarga qarshi bo‘lganlar “o‘z davlatida begonaga aylandi”.
U, shuningdek, Poroshenkoni Ukraina sharqida ixtilofni avj oldirishda va undan “korrupsiya va marodyorlik uchun niqob sifatida foydalanishda” ayblagan. Buning natijasida, mamlakat iqtisodiyoti barbod bo‘lgan, odamlar esa “adolat, qonun ustuvorligi, so‘z erkinligiga ishonchni” yo‘qotishgan.
Shu bilan birga sobiq prezident amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlab, uning jamoasida “Ukrainani yana birlashtirishga imkon borligini” ta'kidlab o‘tgan. Yanukovichning aytishicha, haqiqat va adolat uchun kurash “mamlakatni haqiqatan yaxshi ko‘ruvchi kuchli odamlarni tobora birlashtirmoqda”.
Viktor Yanukovich 2010-2014 yillar davomida Ukraina prezidenti lavozimini egallagan. Yevromaydan voqealaridan keyin u Rossiyaga qochishga majbur bo‘lgan. Ukrainada unga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. 2019 yil yanvarda Kiyev sudi Yanukovichni davlatga xiyonat qilish va “Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush olib borishda” sherikchilik qilishdagi ayblov bilan sirtdan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Mavzuga oid
20:14 / 24.11.2024
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
14:22 / 24.11.2024