Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Harri va Megan Markl qirollik oilasini mart oxirida tark etadi
Britaniya shahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan Markl Britaniya qirollik oilasini mart oxirida tark etadi. Ular Bukingem saroyidagi majburiyatlarini 1 apreldan bajarishni to‘xtatishadi.
Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, juftlik qirollik oilasini 31 mart kuni rasman tark etadi. O‘z navbatida Bukingem saroyida ularga xizmat ko‘rsatuvchi odamlar 1 apreldan o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadilar.
Bungacha esa shahzoda rafiqasi bilan birga bir qator tadbirlarda ishtirok etadi.
Ta'kidlanishicha, shahzoda kirollik oilasini tark etgach, bir qator harbiy unvonlarini saqlab qoladi. Biroq u 12 oylik sinov davri davomida o‘z harbiy mavqeidan foydalana olmaydi.
Avvalroq Harri va Megan Markl kirollik oilasi bilan kelishuvga erishgani va qirollik majburiyatlarini boshqa bajarmasliklari va o‘z unvonlaridan mahrum bo‘lishlari ma'lum qilingandi.
Juftlik, shuningdek, Britaniya budjetidan uyi ta'miriga ishlatilgan 2,4 mln funt sterlingni (3,1 mln dollar) qaytarib beradi va davlatning moliyaviy ko‘magidan voz kechadi.
Mavzuga oid
22:26 / 06.01.2023
Shahzoda Harri Afg‘onistonda 25 Tolibon jangarilarini o‘ldirganini tan oldi
07:12 / 07.06.2021
Shahzoda Harri va Megan Markl qizli bo‘lishdi. Qizaloqqa qirolicha va Diana sharafiga nom berildi
20:39 / 11.03.2021
Shahzoda Uilyam qirollik oilasidagi irqchilik bo‘yicha ayblovga javob qaytardi
14:41 / 09.03.2021