Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya ichki ishlar vaziri Merkel qo‘lini siqishdan bosh tortdi
Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus tarqalishi ortida mamlakat kansleri Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortdi.
Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuvda Merkel Zeyexoferning yonidan o‘tayotib, so‘rashish uchun unga qo‘lini uzatgan. Biroq vazir kanslerning qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Merkel buni hazil bilan qabul qilib, ikki qo‘lini tepaga ko‘tarib, vazirga kaftlarini “mana, hech narsa yo‘q” degandek qilib ko‘rsatgan. Natijada ular va atrofdagilar bu vaziyatni kulgu bilan qarshilashgan.
Germaniya matbuotida ma'lum qilinishicha, Zeyexofer koronavirus tarqalishi sababli qo‘l siqishishlardan voz kechishga qaror qilganini aytgan.
Ayni vaqtda Germaniyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 150 ta holat qayd qilingan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025