O‘zbekiston | 10:00 / 07.03.2020
2212
4 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda «O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi» va «Ulli hovli» majmuasi birlashgan boshqaruv direksiyasi tashkil etiladi

Xorazm viloyatidagi “O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi birlashgan boshqaruv direksiyasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatidagi “O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi birlashgan boshqaruv direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining taklifiga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi qoshida davlat muassasasi hisoblangan “O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi birlashgan direksiyasi tashkil etiladi;

Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i Turkmanlar mahallasi hududida joylashgan “O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi ko‘rsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Direksiya qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkillashtiradi.

Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

majmuaning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

majmuadagi obektlarda turli yo‘nalishlar va mavzularda madaniy –ma'rifiy, etnografik tadbirlarni amalga oshirish, badiiy ko‘rgazmalar tashkil etish, bunda, turli darajadagi ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayllar o‘tkazib borish;

ular haqida nashr materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish;

majmuada ikki xalq do‘stligi mavzusini, uning dastlabki ko‘rinishi va o‘sha davr muhitini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya – ko‘rgazma yaratish;

majmuada qardosh xalqlar haqida batafsil ma'lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shunga oid kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalarni izlash, to‘plash, o‘rganish va targ‘ib etish;

yuqori texnologiyalarga asoslangan internet tarmog‘i xizmati hamda axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;

o‘rnatilgan tartibda, majmuaning tarixiy ko‘rinishini saqlagan va unga zarar yetkazmagan holda hududda zarur infratuzilmani shakllantirish, xizmat xilma-xilligi va sifatini oshirish, bu yerda dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;

majmuani madaniy etnografik turistik markazga aylantirish, uning bu boradagi salohiyatini oshirish hamda faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Direksiyaning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:

Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari;

Direksiyaning asosiy faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Xorazm viloyati hokimligi:

“O‘zbek – Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasida turli tadbirlarni tashkil etish, manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarga majmuadagi zallar va boshqa maydonlarni ijaraga berish orqali ushbu obektlarni doimiy ishlatilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid