Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft 31 foizga arzonlashib ketdi
Brent navidagi neft narxi OPeK+’ga kiruvchi davlatlar o‘zaro kelisha olmagach, 31 foizga tushib ketdi.
Brent narxi 14 dollarga arzonlashib, 31,5 dollarni tashkil qilgan. Ushbu turdagi neft narxi bunday past qiymatga 2016 yil yanvarda, ungacha esa 2004 yil bahorida tushib ketgan.
WTI navidagi neft 27 foizga arzonlashib, narxi 30,27 dollarni tashkil qilgan. Ushbu neft oxirgi marta 30,3 dollarga 2016 va 2003 yillarda tushgan.
OPeK+’ga kiruvchi davlatlarning 6 mart kunidagi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tomonlar bitimning yangi ko‘rsatkichlari yoki amaldagi kelishuvning muddatini uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmagan. Rossiya amaldagi shartlar saqlanib qolishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishni talab qilgan. Natijada 1 apreldan kelishuv ishtirokchilarining neft qazib olishni kamaytarish bo‘yicha majburiyatlari bekor qilinadi.
OPeK va unga kirmaydigan davlatlarning (OPeK+) neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha kelishuvi 2017 yil boshidan beri amal qilib kelgandi. 2019 yil oxirigacha kelishuv 2018 yil oktyabrdagi hajmdan 1,2 mln barrel kamroq neft qazib olishni ko‘zda tutgan. Joriy chorak uchun esa alyans neft qazib olish hajmini kuniga 1,7 mln barrelga qisqartirgan.
Mavzuga oid
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
16:31 / 09.06.2023