Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada noqonuniy migrantlarni pul o‘tkazmalari orqali aniqlay boshlashdi
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga eng ko‘p pul jo‘natmalari Moskvaning janubi-sharqida - Pechatniki va Lyublinoda amalga oshirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Rossiya moliyaviy monitoring federal xizmati (Rosfinmonitoring) migrantlar ko‘p joylashgan hududlarni aniqlashning yangi metodologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga joriy qildi. Bu haqda TASSga bergan intervyusida Moskva prokurori Denis Popov ma'lum qildi.
Mehnat migrantlari uchun eng muhim omil pul mablag‘larini vataniga jo‘natish imkoniyati bo‘lganligi sababli Rosfinmonitoring chet elga tezkor pul jo‘natmalari tizimi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tahlil qildi.
So‘ngra mutaxassislar pul jo‘natmalari punktlari joylashgan hududlarni shahar xaritasiga joylashtirdilar, shuningdek, qurilish va ishlab chiqarish obektlari yaqinida joylashgan punktlarni aniqladilar.
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga eng ko‘p pul jo‘natmalari Moskvaning janubi-sharqida - Pechatniki va Lyublinoda amalga oshirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Keyin politsiya u yerga tekshiruv bilan bordi va tashlandiq sanoat bazalaridan birida migrantlarning mini-shaharchasini aniqladi.
Ma'lum bo‘lishicha, tashlandiq hududda qahvaxona va oziq-ovqat do‘koni faoliyat ko‘rsatgan, migrantlar esa o‘z oilalari bilan o‘sha yerda yashagan. Uddaburon ish beruvchi bu yerda avtomobillarni ta'mirlash va chiqindilarni saralash bo‘yicha o‘z biznesini yuritgan.
Migrantlar ham shu yerda ishlagan. Tekshiruv natijasida 40 nafar migrant ushlandi, ulardan 17 nafari ma'muriy javobgarlikka tortildi. Noqonuniy biznes tashkilotchisi ham hibsga olindi.
Popov Federal moliyaviy monitoring xizmati bilan bunday hamkorlik noqonuniy migrantlar mehnatidan foydalanadigan vijdonsiz tadbirkorlarni aniqlashga imkon berishini qayd etdi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025