Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi
Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Durdona Rahimova ushbu lavozimda faoliyatini davom ettiradi.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan. U o‘tgan yillar davomida ushbu tashkilotda mas'ul vazifalarda ishlagan.
Mavzuga oid

09:39
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025
Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi

19:45 / 21.05.2025