Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Olimpiadaga sportchilarini yubormaslikka qaror qildi
Kanadaning Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari koronavirus epidemiyasi sababli o‘z jamoalarini Tokioda yozda o‘tadigan Olimpiadaga yubormaslikka qaror qildi.
“Kanada Olimpiya qo‘mitasi va Paralimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini O‘yinlarning o‘tkazilishini bir yilga qoldirishga qat'iyan chaqiradi va ularga O‘yinlar o‘tkazilishi muddatlari ko‘chirilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengishda ko‘magimizni taklif qilamiz”, deyilgan Kanada Olimpiya qo‘mitasining saytida e'lon qilingan murojaatda.
“Biz O‘yinlar qoldirilishi bilan bog‘liq yuzaga keladigan muqarrar muammolarni tan olamiz, biroq sportchilarimiz va jahon hamjamiyati xavfsizligi va sog‘lig‘idan muhimroq narsa yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tilgan murojaatda.
Avvalroq XOQga koronavirus pandemiyasi nazorat ostiga olinmaguncha Olimpiadani qoldirish chaqirig‘i bilan Global Athlete sportchilar hamjamiyati murojaat qilgan.
“Butun dunyo virus tarqalishining oldini olishga birlashayotgan vaqtda XOQ ham xuddi shunday yo‘l tutishi lozim”, deyilgan Global Athlete bayonotida.
Ushbu bayonot e'lon qilingandan bir necha soat o‘tib XOQ prezidenti Tomas Bax Tokio Olimpiadasining ko‘chirilishi bo‘yicha yakuniy qaror 4 haftadan keyin qabul qilinishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
20:33 / 13.01.2025