Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinda pensiyalar tarqatish tartibi qanday bo‘ladi?
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlar sirasida omma yig‘ilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan tadbirlar bekor qilingan. Shu tufayli, pensiya va boshqa nafaqalarni aholiga yetkazib berish tartibi ham biroz o‘zgardi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» pensiya to‘lovlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirzaahmad G‘oyibnazarovning aytishicha, joriy yil 18 martdan boshlab, pensiya va boshqa nafaqa pullari bank xodimlari tomonidan aholi yashash manziliga yetkazib berilmoqda.
«Ayni paytda pensiya va nafaqa to‘lovlarining 98 foizi to‘liq amalga oshirildi. JST tavsiyalardan kelib chiqib, aholiga naqd pul kamroq muomala qilishi tavsiya etilyapti. Shu sababli, bankimiz pensionerlarga ham pensiya overdraft qulay bank kartalaridan foydalanishni tavsiya etadi», - deya ma'lumot berdi G‘oyibnazarov.
Qayd etilishicha, bank plastik kartalariga nafaqa va pensiya pullari har oyning ilk sanalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, bank terminallaridan foydalanganda kartadan naqd pul yechib olishda haq olinmaydi.
Bank vakili yuzaga kelgan pandemiya davrida masofadan turib, pensiya va nafaqa pullarni karta orqali olish, to‘lovlarni naqdsiz bajarishni tavsiya etishini bildirdi.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
11:03 / 08.06.2024