Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada velosipedchining o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Joriy yilning 13 aprel kuni E.M. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2102” rusumli avtomashinani Beshariq tumani Farovon ko‘chasida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, u velosipedchi M.B.ni urib yuborgan. Oqibatda, B.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqa fuqarolar hayotiga zomin bo‘lishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024