Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada xorijliklarni deportatsiya qilish 15 iyungacha to‘xtatildi
Patentlar, mehnat qilish uchun ruxsatnoma, vizalar, vaqtinchalik yashash ruxsatnomalari muddati 90 kunga uzaytiriladi
Rossiya xorij fuqarolarini deportatsiya qilishni 15 iyungacha to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma'lum qildi.
"Rossiya prezidentining farmoniga muvofiq, hozirda Rossiya hududida bo‘lib turgan va hujjatlari muddati tugaydigan fuqarolarning barcha hujjatlari amal qilish muddati 90 kunga to‘xtatiladi. Ya'ni 15 martdan 15 iyungacha. Bu degani, patentlar, mehnat qilish uchun ruxsatnoma, vizalar, vaqtinchalik yashash ruxsatnomalari – bu hujjatlarning barchasi 90 kunga uzaytiriladi", - dedi Kazakova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davr mobaynida xorijliklarga nisbatan "deportatsiya, mamlakatdan chiqarib yuborish, readmissiya yoki mamlakatda bo‘lishini istamaslik borasida hech qanday qaror qabul qilinmaydi".
Bundan tashqari, xorij fuqarolaridagi mavjud hujjatlar bekor qilinmaydi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025