Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada bolaga birvarakayiga 6 ta tana a'zosi ko‘chirib o‘tkazildi
Ispaniyada tana a'zolari ko‘chirilishiga o‘z navbatini 3 yil kutgan bolaga birvarakayiga 6 ta a'zo ko‘chirib o‘tkazildi.
Bu haqda Europa Press nashri xabar berdi.
Barselonada yashovchi Viktor ismli bola o‘z navbati kelguncha kuniga 18 soat davomida parenteral ovqatlanishni ta'minlovchi qurilmaga ulab qo‘yilgan.
Bolaga oshqozon, jigar, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak hamda qisman yo‘g‘on ichak va oshqozonosti bezini ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Jarrohlik amaliyoti Madriddagi Hospital La Paz klinikasida fevral oxirida o‘tkazilgan.
Bolaning onasi homiladorligining 27-haftasida o‘g‘lida gastroshizis nuqsoni borligidan xabar topgan. Bu old qorin devori nuqsoni bo‘lib, unda ichak va boshqa a'zolar teridan tashqariga chiqib qoladi.
Bola a'zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan 2 oy o‘tib shifoxonadan chiqarilgan. U hozir uyida tiklanmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 27.05.2024
Oshqozon-ichak mikroflorasi odamning qaror qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin – tadqiqot
07:26 / 18.05.2022
Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi
16:56 / 10.11.2020
Mutaxassis jigarni yog‘ bosishi sabablari haqida ma'lumot berdi
16:00 / 06.12.2019