Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sardobada olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi
Prezident ofatdan katta zarar ko‘rgan Sardoba tumani «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Sardobada olib borilayotgan ishlarni va aholiga yetgan zararni ko‘zdan kechirdi 👉 https://kun.uz/19324680
Posted by Kun.uz on Saturday, May 2, 2020
Davlat rahbari bugun suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shundan so‘ng, prezident ofatdan katta zarar ko‘rgan Sardoba tumani «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Hukumat komissiyasi a'zolari hududni tozalash, sanitar holatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.









Davlat rahbari qishloq ichiga kirib, xonadonlarga yetgan zararni ko‘zdan kechirdi va mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qildi.
O‘zbekistonda 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
56 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 17300 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
20:26 / 21.02.2025