Jamiyat | 11:00 / 02.05.2020
21610
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi ochilgan Nano Medical Clinic tibbiy markazi – malakali shifokorlar va yuqori texnologiyalar jamlangan majmua

Foto: Nano Medical Clinic

Mazkur tibbiy markazda malakali mutaxassislar yuqori texnologiyalar yordamida faoliyat olib boradilar va Yevropaning yetakchi klinikalari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan. Davolash jarayonida har bir bemorga alohida yondoshuv, yoqimli muhit va yuqori darajadagi qulaylik yaratiladi.

Sog‘lik – beqiyos boylik!

Bu ibora bilan bahslashish qiyin. Ammo afsuski hamma ham mustahkam sog‘ligi bilan maqtana olmaydi. Qolaversa, mukammal sog‘lik degan tushuncha ham doimiy emas, zamonaviy dunyoda uni yo‘qotish uchun xavflar yetarli. Tezkor hayot tarzi va uning ortidan kelib chiqqan asabiy zo‘riqish holati, zararli odatlar, ekologik muammolar hamda o‘zimizning loqaydligimiz ertami-kechmi salomatligimizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Lekin bizning shiddatli asrimiz o‘z sog‘ligimizni asrash uchun ham ulkan imkoniyatlar beradi.

Sizning sog‘ligingiz – bizning ustuvor vazifamiz!

Poytaxtning Olmazor tumanida ochilgan mutlaqo yangi Nano Medical Clinic tibbiy markazining shiori aynan shunday.

Nano Medical Clinic – O‘zbekistondagi davolash-diagnostika, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘ziga xos yetakchi markaz hisoblanadi. Bizning asosiy vazifamiz aholiga zamonaviy va jahon standartlariga mos tibbiy xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Klinikamizda yuqori malakali shifokorlar – nefrolog, endokrinolog, nuklear tibbiyot bo‘yicha mutaxassislar, nevropatolog, kardiolog, oftalmolog va travmatologlar xizmat ko‘rsatadi.

Shifokorlarimiz turli yo‘nalishlardagi kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan.

Nano Medical Clinic markazida gemodializ, nuklear tibbiyot, kardiologiya, otorinolaringologiya (LOR), oftalmologiya (ko‘z kasalliklari) bo‘limlari mavjud.

Nuklear tibbiyot bo‘limi

Nano Medical Clinic tibbiy markazi tomonidan MAGATE ko‘magida nuklear tibbiyot bo‘limiga asos solinishi turli endokrin kasalliklar diagnostikasining jahon darajasiga chiqishi uchun zamin yaratdi. Bo‘limda oqimli, radionuklidli tekshirishlar o‘tkaziladi, radioterapiya va operatsiyadan keyingi davolashlar amalga oshiriladi.

Gemodializ bo‘limi

Bu bo‘lim faoliyati surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan  buyraklar va boshqa ichki a’zolarning aniq diagnostikasi hamda davolash ishlarini tashkillashtirishdan iborat. Bo‘limda gemodializ, gemodiafiltratsiya va plazmaferez kabi operatsiyalar amalga oshiriladi.

Tadqiqotlar qatorida alohida ta’kidlash joiz bo‘lgan skelet suyaklarining UZI-densitometriyasi – suyak to‘qimasining mineral zichligini aniqlashning diagnostik uslubi hisoblanadi. Bu tekshiruv orqali suyak tizimi to‘liq o‘rganilib, osteoporoz xavfi bor yoki yo‘qligi aniqlab olinadi.

Densitometriya rentgenografiyani qo‘llashga asoslangan diagnostik uslub. Ammo bemor tekshiruv chog‘ida juda oz – oddiy flyuorografiyaga nisbatan 20 marta kamroq nurlanish oladi.

Densitometriya taqdim etgan ma’lumotlar juda qimmatli bo‘lib, shifokor suyaklar nur o‘tkazishiga ko‘ra shaffofligini «o‘z ko‘zlari» bilan ko‘radi va suyak to‘qimalarining miqdoriy zichligini raqamli hisob-kitob orqali batafsil o‘rganadi.

Jahonda keng qo‘llaniluvchi bu uslub umurtqa pog‘onasi suyaklarining sinishlarini aniqlash, umurtqa pog‘onasining umumiy holati tahlilini o‘rganish imkonini beradi va hatto son suyagi bo‘yinchasining yaqin 10 yilda kasalliklar tufayli sinish-sinmaslik prognozini ham taqdim etadi.

Densitometriya tekshiruvi osteoporoz rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlar, keksalar, diabetga chalinganlar, chekuvchilar, kortikosteroidlar qabul qiluvchilar, kalsiy va D vitamini yetishmovchiligidan aziyat chekuvchilarga va postmenopauza davridagi ayollarga tavsiya etiladi.

Yuqori texnologiyalar qo‘llanilishiga qaramay bu tekshiruv juda oddiy va og‘riqsiz bo‘lib, 10-30 daqiqa vaqt talab qiladi xolos.

Nano Medical Clinis markazi statsionarida zamonaviy, qulay va shinam xonalar, mazali hamda foydali yeguliklar, tibbiy xodimlarning malakali davo uslublari va parvarishi siz uchun taqdim etiladi.

Yaqinlaringizdan kimdir sizni ko‘rishga kelsa, mazali shirinliklar, qahva va boshqa ichimliklar mavjud shinam qahvaxonamizda bemalol suhbatlashishingiz mumkin bo‘ladi.

Demak, xulosa qilsak...

NANO MEDICAL CLINIC tibbiy markazimizda yuqori malakali mutaxassislar jahondagi yangi texnologiyalar yordamida faoliyat olib boradilar va Yevropaning yetakchi klinikalari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilgan. Davolash jarayonida har bir bemorga alohida yondoshuv, yoqimli muhit va yuqori darajadagi qulaylik yaratiladi.

Sizning sog‘ligingiz – bizning ustuvor vazifamiz!

📍Manzil: Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi 2A, Uzbekistan, 100095 

⏰ Ish kunlari: Dushanbadan shanbagacha 8:00 - 17:00 

🗳 Mutaxassis ko‘rigiga yozilish uchun: ⁣⁣⁣
⁣⁣⁣
📩 Elektron-pochta: nanomedicalclinic@gmail.com⁣⁣⁣ 
⁣⁣
📞 +998 55 500 05 50
📞 +998 78 113 08 88
📞 +998 99 467 80 00

instagram: https://www.instagram.com/nanomedicalclinic/

Facebook: https://www.facebook.com/nanomedicalclinic

website: https://nanomedicalclinic.com/

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid