Jahon | 22:05 / 05.05.2020
3519
1 daqiqa o‘qiladi

OTB Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashga 50 mln dollar ajratadi 

Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 50 mln dollarlik grant ajratadi. 

Foto: Getty Images

Ushbu mablag‘lar respublikaga “Faol munosabat va sarf-xarajatlarni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida kelib tushadi.  

OTBning rasmiy xabarida ma'lum qilinishicha, moliyaviy yordamning katta qismi Qirg‘iziston hukumati pandemiya oqibatlarini yengillashtirish uchun qabul qilayotgan eng muhim choralarga yo‘naltiriladi. Bunday choralar sirasiga aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish kiradi.

Yordam paketi OTBning 25 mln dollarlik imtiyozli krediti va Osiyo taraqqiyot jamg‘armasining 25 mln dollarlik grantini o‘z ichiga oladi.

Aprelda OTB Qirg‘izistonga 200 ming dollar miqdorida favqulodda tibbiy yordam ajratgan. Ushbu pullar YUNISEF liniyasi bo‘yicha dori-darmon va tibbiy qurilmalar xarid qilish uchun sarflangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid