Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon iqtisodiyoti ko‘rsatkichlari yanada pasayiishi ma'lum qilindi
Ekspertlar Braziliya, Hindiston va Rossiya bo‘yicha eng salbiy prognozlarni bermoqda.
Jahon iqtisodiyoti pasayib ketdi va 2020 yil natijalariga ko‘ra avval kutilganidan ham ko‘proqqa tushib ketadi. Bu haqda Fitch agentligining yangilangan prognozida aytilmoqda.
Aprel oxirida agentlik tahlilchilari global YaIM yil yakunlariga ko‘ra 3,9 foizga kamayishini taxmin qilgandi, ammon endilikda bu raqam 4,6 foizga teng bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bunga Yevrohudud va Buyuk Britaniya iqtisodiyotining pasayishi borasidagi kutishlarning qayta ko‘rib chiqilishi sabab bo‘ldi. Ekspertlar pasayish mos ravishda 8,2 va 7,8 foizni tashkil qilishini kutishmoqda. Avvalgi prognozda bu ko‘rsatkich 7 va 6,3 foizga teng bo‘lishi taxmin qilingandi.
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM pasayishi bo‘yicha ham taxminlar yomonlashgan. Yil yakuniga ko‘ra, pasayish 4,5 foizni tashkil etadi (Xitoyni hisobga olmaganda), aprelda pasayish 1,9 foiz bo‘lishi taxmin qilingandi.
Ekspertlar Braziliya, Hindiston va Rossiya bo‘yicha eng salbiy prognozlarni bermoqda.
Xitoy, AQSh va Yaponiya iqtisodiyoti pasayishi ko‘rsatkichlari avvalgidek qoldi. Ularda bu raqam mos ravishda 0,7, 5,6 va 5 foizga teng bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotining pasayishiga koronavirus pandemiyasi oqibatida mamlakatlarda kiritilgan turli cheklov choralari sababli yirik ishlab chiqarishlar va xizmatlarning to‘xtab qolganligi sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025