Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi
1 avgustdan boshlab traktorlar, 10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari, yengil avtomobillar va yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.
Autostrada saytining yozishicha, chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:54 / 10.06.2024
Poytaxt Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
22:07 / 17.05.2024
Farg‘ona vodiysini boshqa shaharlar bilan bog‘laydigan qo‘shimcha temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19:19 / 07.05.2024
Birinchi chorakda O‘zbekiston aeroportlari 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
19:03 / 08.02.2024