Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi qurib bitkazildi
Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi.
Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.
Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me'morchilik uslubiga xos tarzda qurilgan, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.
Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.
Uzunligi qariyb 55 kilometr bo‘ladigan mazkur transport tarmog‘ining ikkinchi bosqichida Qo‘yliq bozori bilan «Olmazor» bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib «Beruniy», undan keyin «Bodomzor» bekatigacha bo‘lgan qism quriladi. So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana «Do‘stlik» bekatiga ulanadi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024