Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST niqob taqish bo‘yicha tavsiyalarni yangiladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesus Covid-19 bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda koronavirus profilaktikasi bo‘yicha yangi tavsiyalarni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:
- Shifokorlar va tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemor bilan ishlayotgani yoki ishlamayotganidan qat'i nazar doim niqob taqishlari kerak;
- 60 yoshdan katta kishilar, shuningdek, surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar ijtimoiy masofani saqlash ilojsiz bo‘lgan hamma yerda niqob taqishlari lozim;
- Hukumatlar ijtimoiy masafoni saqlash imkonsiz bo‘lgan joylar, ayniqsa jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni qo‘llab-quvvatlashi kerak;
- Koronavirus infeksiyasiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lgan odamlar uyda qolishlari kerak. Bu odam bilan aloqa qilganlarni karantinga olish zarur;
- Agar bemor yoki u bilan aloqada bo‘lganlar uyni tark etishlari kerak bo‘lsa, niqob taqishga majburlar;
- JSST turli materiallardan tayyorlangan uch yoki undan ortiq qavatdan iborat niqoblarni sifatli deb hisoblaydi.
Pandemiya boshida JSST niqobni faqat koronavirus bilan kasallangan bemorlar, kasallik belgilari mavjud kishilar yoki ular bilan aloqada bo‘lganlar taqishi kerakligini aytgandi. Tashkilot niqoblar berishi mumkin bo‘lgan himoyaga shubha ostida qaragandi. Asosiy e'tiborni qo‘llarni tez-tez yuvishga qaratish maslahat berilgandi.
Biroq so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, niqoblardan to‘g‘ri foydalanilsa, ular zararlanishga qarshi samarali himoya bo‘lishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirus odamlarda biror-bir belgilar paydo bo‘lguniga qadar tarqalishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti niqob taqishning o‘zi virusni yuqtirib olishdan qutqarib qololmasligi, bunda barcha choralarga amal qilish muhimligini aytgan.
Tedros Gebreyyesus, shu bilan birga, niqob taqishni koronavirusdan himoya qilish choralarining bir qismi sifatida qaralishi lozimligini, niqoblar o‘z-o‘zidan COVID-19’dan himoya qila olmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025