Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya bosh vazirining qotili kim bo‘lganligi oradan 34 yil o‘tgach ma'lum bo‘ldi
Shvetsiya bosh vaziri Ulof Palmening qotili oradan 30 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach ma'lum bo‘ldi. Bu haqda prokuror Krister Petersson ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Prokuraturaning aniqlashicha, Palmeni dizayner Stig Engstryom o‘ldirgan. Prokurorning qayd etishicha, dizayner vafot etganligi uchun unga nisbatan ayblov e'lon qila olmasligini aytdi. Shu sababli ish yopilgan.
Peterssonning qo‘shimcha qilishicha, qotillik quroli topilmagan.
Engstryomning Palmeni o‘ldirishga aloqadorlikda gumon qilinishiga guvohlarning ko‘rsatmalari asos bo‘lgan. Dizayner o‘shanda politsiya tomonidan so‘roq qilingan, u bosh vazir o‘ldirilgan vaqtda qayerda bo‘lganligi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmalarida chalkashliklar bo‘lgan. Engstryom 2000 yilda o‘z joniga qasd qilgan.
Shvetsiya bosh vaziri Ulof Palme 1986 yilda turmush o‘rtog‘i bilan kinoteatrdan uyiga qaytayotganida otib o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025