Sport | 00:27 / 15.06.2020
6602
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real» restartni g‘alaba bilan boshladi

Foto: Reuters

La Liga 28-turi doirasida Madridning «Real» jamoasi «Estadio Alfredo Di Stefano» stadionida «Eybar» klubini qabul qilib, uzoq tanaffusdan keyingi restartni g‘alaba bilan boshladi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Toni Kroos jarima maydoni chizig‘i ustidan odatiy zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

30-daqiqada Serxio Ramos o‘zi boshlagan tezkor qarshi hujumni Benzema va Azar orqali rivojlantirib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi – 2:0.

Yetti daqiqa o‘tib, Azar jarima maydoniga yorib kirib zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘p oxir-oqibat Marseloga kelib tushib, himoyachi kuchli zarbasi bilan hisobdagi farqni uchtaga oshirdi – 3:0.

Mehmonlar ikkinchi bo‘limda biroz uyg‘onishdi. Ammo 60-daqiqada Bigas tomonidan kiritilgan yagona gol faqatgina hisobning qisqarishiga xizmati qildi, 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolari sonini 59taga yetkazib, peshqadam «Barselona» bilan farqni yana ikki ochkogacha qisqartirdi. 

La Liga. 28-tur, 14 iyun (yakshanba)

Real Madrid – Eybar 3:1

«Estadio Alfredo Di Stefano» stadioni.

Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.

Real Madrid – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.

Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya, Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).
Ogohlantirish: Kazemiro (47).

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid