JSST rahbari deksametazonning koronavirusga chalinganlarni davolashdagi samaradorligini yuqori baholadi

Foto: TASS
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarni davolash uchun deksametazon dori vositasining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga chaqirdi.
“Natijalar hali dastlabki bo‘lsa-da, deksametazon steroid vositasi koronavirusga chalingan og‘ir bemorlar hayotini saqlab qolishda katta salohiyatga egaligini ko‘rsatgan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar bizga tantana qilishga asos beradi. Oldimizda turgan navbatdagi sinov deksametazon ishlab chiqarilishini ko‘paytirish va u qayerda ko‘proq kerak bo‘lsa, o‘sha yerlarga urg‘u bergan holda uning butun dunyo bo‘ylab tez va teng taqsimlanishidan iborat bo‘ladi”, deb aytgan Gebreyyesus.
JSST rahbarining ta'kidlashicha, ushbu dori vositasi Britaniyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgandan keyin unga talab taklifdan oshib ketgan. Gebreyyesusning aytishicha, baxtga ushbu dori vositasi arzon turadi va uning ishlab chiqarilishini ko‘paytira oladigan ko‘plab kompaniyalar mavjud.
Avvalroq rossiyalik olimlar deksametazonning koronavirusni davolashdagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bo‘lishishgan. Ularning fikricha, ushbu shamollashga qarshi vosita jonlantirish bo‘limlaridagi og‘ir bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikka ega, biroq koronavirusning yengil shaklida ikkilamchi ta'sirlar keltirib chiqarishi va hattoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Britaniyalik olimlarning ma'lum qilishicha, deksametazon o‘pkani sun'iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichini 35 foizga, kislorodli davolanishdagi bemorlarning o‘limini esa 20 foizga kamaytiradi.
Mavzuga oid

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025