Jahon | 23:42 / 25.06.2020
6333
2 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini boshlangani haqida ogohlantirdi

Germaniyada may oxirida kuniga 200-300 atrofida kasallik yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lsa, iyun boshlarida bu ko‘rsatkich 300-500taga yetgan, 18 iyun kuni esa mamlakatda 1,2 mingta holat aniqlangan.

Foto: Yara Nardi / Reuters

Oxirgi ikki hafta davomida Yevropaning 30 mamlakatida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlarning o‘sishi qayd etildi. Bu haqda JSSTning Yevropadagi mintaqaviy direktori Xans Klyuge ma'lum qildi.

«Oxirgi ikki hafta davomida 30 mamlakat koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning oshishiga duch keldi. Bu mamlakatlarning 11tasida infeksiya tarqalish sur'atining tezlashishi kasallikning qaytalanishiga olib keldi. Agarda e'tiborsiz qoldirilsa, bu sog‘liqni saqlash tizimlarini yana jar yoqasiga olib kelishi mumkin», — dedi u.

Klyuge mamlakatlar nomini aytmadi, ammo AFP agentligining qayd etishicha, ular orasida Germaniya bo‘lishi mumkin. Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyada may oxirida kuniga 200-300 atrofida kasallik yuqtirish holati qayd etilgan. Iyun boshlarida bu ko‘rsatkich 300-500taga yetgan, 18 iyun kuni esa mamlakatda 1,2 mingta holat aniqlangan. Ushbu haftada Portugaliya cheklovlarni qisman tikladi.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Yevropada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2,6 mln holat qayd etilgan. 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma'lum qilgandi.  

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid