Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: Koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqish uchun 31,3 milliard dollar kerak bo‘ladi
JSST bu mablag‘ga 2021 yil o‘rtalariga kelib 500 millionta testni ishlab chiqarishni tezlashtirish va tarqatish, 245 millionta davolash kursini o‘tkazish va ikki milliard doza vaksinaga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.
2021 yil oxirigacha COVID-19ga qarshi testlar, vaksina va dorilar ishlab chiqish va tarqatish dasturini rivojlantirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga 31,3 milliard dollar zarur. Bu haqda JSSTning koronavirusga qarshi kurashish vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish bo‘yicha ACT-Accelerator dasturi bayonotida aytiladi.
ACT-Accelerator 24 aprelda JSST tomonidan Yevroittifoq, Fransiya, Bill va Melinda Geyts fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dastur 3,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam olgan.
"Bugun taqdim etilgan rejalar 31,3 milliard dollarga baholangan bo‘lib, hozirgacha 3,4 milliard dollar ajratildi. Shunday qilib, yana 27,9 milliard dollar zarur", - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, JSST dasturi bu mablag‘ga 2021 yil o‘rtalariga kelib 500 millionta testni ishlab chiqarishni tezlashtirish va odilona tarqatish, virusdan 245 millionta davolash kursini o‘tkazish va ikki milliard doza vaksinaga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 9,7 milliondan oshgan, 492 mingdan ortiq kishi bu kasallikdan vafot etgan. Keyingi haftalarda virus tarqalishi yana kuchaygani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025