Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hududgazta'minot» onlayn to‘lovlardagi uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so‘radi
Aksiyadorlik jamiyati Prezidentning PF-6010-sonli farmoniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» AJdan «Hududgazta'minot» AJga tabiiy gaz uchun to‘lovlar tizimini topshirish-qabul qilish ishlari bo‘lib o‘tayotgani, shu sababli iste'molchilar tomonidan onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar kuzatilayotganini ma'lum qilgan.
«Ayni vaqtda Jamiyat tomonidan yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko‘rilib, to‘lov kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Jumladan, 2020 yil 8 iyuldan boshlab, «Paynet» to‘lov tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Qolgan to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Ma'lumotlar qo‘shimcha taqdim etiladi.
O‘z navbatida «Hududgazta’minot» AJ to‘lovlar bilan bog‘liq uzilishlar sababli, yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi», deyiladi «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.
Mavzuga oid
16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
09:20 / 29.01.2025
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17:00 / 27.01.2025
O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi
16:50 / 21.12.2024