Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Safronovning advokatlari tergov sirini oshkor etmaslik to‘g‘risida tilxat imzolashdan bosh tortdi
«Roskosmos» rahbarining davlatga xiyonatda ayblanayotgan maslahatchisi, jurnalist Ivan Safronovning himoyachilari tergov sirini oshkor etmaslik to‘g‘risidagi tilxatni imzolashdan bosh tortishdi.
«Kecha bizdan tergov sirini oshkor etmaslik to‘g‘risida tilxat olmoqchi bo‘lishdi, biroq biz bermadik. Faqat davlat sirini oshkor etmaslik haqida tilxat imzoladik. Lekin ishda biz davlat siriga hozircha ko‘zimiz tushgani yo‘q», — degan «Komanda 29» advokatlar jamoasi rahbari Ivan Pavlov «Eko Moskvy» radiosi efirida.
Kecha Moskvaning Lefortovo tuman sudi Safronovni 6 sentyabrgacha hibsda ushlash haqida qaror chiqardi. FXX uni NATO davlatlaridan biriga Rossiyaning harbiy hamkorligi, mudofaasi va xavfsizligiga doir davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plab berishda gumon qilmoqda. Davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha u 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Safronov aybini tan olmayapti.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistga olingan ma'lumotlarni AQShga uzatib turgan Chexiya maxsus xizmatlariga ishlash aybi yuklanmoqda.
Mavzuga oid
08:23 / 24.05.2023
Jurnalist Safronov Rossiya Oliy sudiga hukm ustidan shikoyat qildi
16:20 / 01.09.2022
Safronov ishi. Jurnalistga nima uchun 24 yil so‘rashmoqda?
18:21 / 22.12.2020
Ivan Safronov ishi bo‘yicha Putinning aytganlarini rad etuvchi ma'lumotlar tarqaldi
23:16 / 31.07.2020