Misrda cho‘kayotgan bolani qutqarish vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi
Misrning shimolidagi Iskandariya shahri yaqinida O‘rta yer dengizida cho‘kayotgan bolani qutqarishga urinish vaqtida kamida 10 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy portal Masrawy’ning xabar berishicha, voqea Al-Ajmidagi koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan “Palm-Bich” plyajida yuz bergan. Shu sababli plyajda qutqaruv xizmati faoliyat yuritmayotgan bo‘lgan.
Tongda bir guruh odamlar plyajga cho‘milgani borgan. Shunda ular orasidan bir bola dengizda cho‘ka boshlagan. Uni qutqarishga bir necha kishi o‘zini otgan, biroq ularning barchasi cho‘kib ketgan.
Qutqaruvchilar 8 kishining jasadini aniqlashgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda.
Ta'kidlanishicha, “Palm-Bich” sohili azaldan yomon ot chiqargan. Bu yerda baxsiz hodisalar ko‘plab yuz berishi tufayli u xalq orasida “o‘lim sohili” degan nom olgan. Aksariyat holatlarda cho‘milayotganlar murakkab va kuchli suv osti oqimlari tufayli cho‘kib ketadilar.
Mavzuga oid
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024