Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'til davrida uylariga kelgan o‘zbekistonliklar Koreyaga ketishdan 48 soat oldin koronavirusga test topshirishadi – Migratsiya agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat ta'tili olib, O‘zbekistonga kelgan biroq, SOVID-19 virusining tarqalishi natijasida Koreyaga keta olmayotgan fuqarolarga ushbu davlatga tashkiliy tarzda jo‘nab ketishdan 48 soat oldin koronavirus infeksiyasiga test topshirishi belgilanganini ma'lum qilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli Koreya Respublikasiga ishchi vizasi (E-9) orqali kirib boruvchi fuqarolardan talab etilishi lozim bo‘lgan tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritilayotganligi sababli joriy yilning iyul oyidagi charter reyslar orqali tashkiliy jo‘natilishi rejalashtirilgan Ye-9 vizasiga ega fuqarolarni vaqtinchalik Koreya Respublikasiga kirib borishi kechiktirilishi to‘g‘risida ma'lum qilingan.
Koreya Respublikasiga kirib borishi rejalashtirilayotgan barcha fuqarolar ushbu davlatning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan quyidagi tibbiyot muassasalaridan Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo‘nab ketishdan 48 soat oldin koronavirus infeksiyasiga test topshirishi belgilanganligi to‘g‘risida ma'lum qilamiz», deyiladi agentlik xabarida.
Koronavirus infeksiyasiga test topshirish uchun Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan tibbiyot muassasalarining ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Avvalro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekistondan borganlarning ikki nafarida virus aniqlangani uchun charter reyslar orqali tashkiliy jo‘natilishi rejalashtirilgan Ye-9 vizasiga ega fuqarolarni Janubiy Koreyaga yuborish kechiktirilganini ma'lum qilgan edi
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025