Jamiyat | 10:36 / 24.07.2020
28096
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 23 iyul kuni soat 19:30larda, Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Bahor MFY hududidan o‘tuvchi M-34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 111-kilometrida haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan G‘.Q. “Neksiya” rusumli transport vositasini “Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zidan oldinda qayrilish mumkin bo‘lgan joydan ortga qayrilayotgan haydovchi Z.K. boshqaruvida bo‘lgan SINOTRUK HOWO rusumli yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi 31 yoshli G‘.Q. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari, 2000 yilda tug‘ilgan B.T. va M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid