Jamiyat | 12:59 / 25.07.2020
8688
2 daqiqa o‘qiladi

516 million so‘mlik «virus blokator»larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bugungi kunda respublikada davom etayotgan karantin o‘z navbatida fuqarolarimizdan uyushqoqlik va o‘rnatilgan tartib qoidalarga qat'iy rioya etgan holda kasallikka qarshi kurashishni talab etadi. Ammo sinovli kunlarda, ayrim kimsalar tomonidan sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga va ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan urinishlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida tibbiyot vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro H.I. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida kelgan fuqaro U.I. shartli xaridorga umumiy qiymati 516,1 million so‘mlik 3 970 dona xorijda ishlab chiqarilgan sifati kafolatlanmagan “virus blokatorlari”ni noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid