Jamiyat | 12:10 / 28.07.2020
23123
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda sinfdoshlar ishtirokidagi o‘tirish o‘lim bilan tugadi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 5 iyul kuni soat 14:00da 47 yoshli Sh.G‘. tanishi D.A.ning Andijon viloyati Shahrixon tumani Abdubiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida bir necha nafar sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mast holda 50 yoshli A.S. bilan o‘zaro gap tortishib, janjallashib qolishi natijasida o‘tirgan holatda bo‘lgan A.S.ni oyog‘i bilan bo‘yin sohasiga bir marotaba tepgan vaqtida A.S. hushidan ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid