O‘zbekiston qoramol importini qisqartirdi – Davstatqo‘m
2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga import qilingan chorva mollari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4 boshga qisqargan. Davlat statistika qo‘mitasining ma'lum qilishicha, import hajmi 63 foizga yoki 21,9 mln dollarga kamaygan.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 6 oyida O‘zbekistonga Ukrainadan 2,5 ming bosh, Avstriyadan 2,1 ming bosh, Qirg‘izistondan 1,2 bosh qoramol olib kelingan. Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma'lumotga ko‘ra xorijdan import qilingan qoramollarning katta qismi respublikada mavjud bo‘lgan qoramollarning genofondini yaxshilash va zotini ko‘paytirishga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston 2019 yilda qoramol importini 2018 yilga nisbatan 2,6 baravarga yoxud 145,7 ming boshga, pul ko‘rinishida aytilganda 122,5 mln dollargacha ko‘paytirgan. Jumladan, birgina Qozog‘istondan 2019 yilda olib kelingan qoramollar 2018 yilga nisbatan 3,1 baravar yoki 120,3 ming boshga, pul qiymatida esa 69 mln dollarga oshgan.
Mamlakatda 2020 yil yanvar-iyun oylarida qoramollar soni 356,5 ming boshga yoki 2,7 foizga, shu jumladan, sigirlar soni 152,7 ming boshga yoki 3,3 foizga kamaygan.
2020 yilning birinchi yarmida respublikada mol go‘shti narxi o‘rtacha 7,7 foizga, 2019 yilning shu davriga nisbatan esa 4,2 foizga qimmatlagan. Suyaksiz mol go‘shti narxi 8,3 foizga, qo‘y go‘shti narxi esa 10,3 foizga ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024