O‘zbekiston | 23:45 / 06.08.2020
9995
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya pandemiyaga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 2 mln yevro ajratdi

Germaniya hukumati O‘zbekiston Respublikasi uchun pandemiyaga qarshi kurashda qo‘shimcha 2 mln yevro ajratdi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ma'lum qildi.

Sh.Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan / 21 yanvar, 2019, Berlin.

«Ko‘mak turlari va chora-tadbirlari ikki davlat o‘rtasida muhokama qilinmoqda», – deya qayd etilgan elchixona xabarida.

Shuningdek, iyun oyida Germaniya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasiga 480 ming yevro ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda rasmiy Berlin Markaziy Osiyoning O‘zbekistondan boshqa davlatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mak ajratishni to‘xtatishi ma'lum bo‘lgan edi.

Qayd etish joiz, Germaniya – O‘zbekistonning Yevroittifoqdagi eng asosiy savdo hamkorlaridan biri. 2018 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sib, 770 million dollardan oshgan.

2020 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Germaniya O‘zbekistonning savdo hamkorlari ichida 7-o‘rinda qayd etilgan, bu davrda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 337 mln dollarni tashkil etgan. Shundan 305 mln dollar Germaniyadan importga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, iyun oyi boshida Yaponiya O‘zbekistonga 1,9 mln dollar ajratishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid