Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma'lumot berdi
Hozirgi vaqtda ayol bilan psixolog ish olib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan shaxs haqida ma'lumotlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha izoh berdi.
2020 yil 6 avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik halqa yo‘li ko‘chasida yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayolni ko‘rib qolishdi. Ayol atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan.

IIBB xodimlari, shu atrofda bo‘lgan Sergeli tumani 8-son yong‘in-qutqarish qismi mutaxassisi safdor Sherzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgach, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazishgan. Ayolning shaxsi aniqlangan: Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 36 yoshli D.U. vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda ayol bilan psixolog ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
14:00 / 08.02.2025