Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshiradi
STJ O‘zbekiston bilan ikki tomonlama shaklda va Arab muvofiqlashtirish guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani aytildi.
2020 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Siddiqov Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi (STJ) ijrochi direktori Xolid Al-Xudayri bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va STJ o‘rtasidagi hamkorlikning holati va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, STJ moliyaviy manbalari O‘zbekistonda ta'lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash, qishloq joylarda uy-joy qurish, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, suv ta'minoti tizimini yaxshilash kabi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda foydalanilmoqda.
Bildirilishicha, bugungi kunga qadar O‘zbekistonda STJ ishtirokida 88 million AQSh dollari qiymatidagi 4 ta loyiha amalga oshirildi, 186 million AQSh dollari qiymatidagi 6 ta loyiha yakunlanish bosqichida turibdi.
Xolid Al-Xudayri O‘zbekiston bilan ikki tomonlama shaklda va Arab muvofiqlashtirish guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirishdan, shuningdek, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini izhor etdi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
09:18 / 09.11.2023
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi o‘rindoshlik asosida Kanadadagi elchi etib tayinlandi
09:10 / 02.05.2023
Furqat Siddiqov Jo Baydenga ishonch yorlig‘ini topshirdi
10:10 / 04.04.2023