Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan tugadi
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 3 avgust kuni soat 22:00da 34 yoshli M.P. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Do‘stlik ko‘chasida ketayotganida, tanishi 29 yoshli D.Ye.ni uchratib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, D.Ye. bir kun oldin bo‘lib o‘tgan voqea tufayli bir marotaba yuz qismiga urgandan jahli chiqib, uyidan olgan oshxona pichog‘i bilan D.Ye.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida ko‘rsatib, bir marotaba siltagan paytida, D.Ye.ning qorin sohasiga tiqib olib, hayot uchun xavfli bo‘lgan «og‘ir» tan jarohati yetkazgan.
Natijada, D.Ye. olgan tan jarohati bilan tibbiyot muassasaga yotkizilgan.
Hodisa joyidan jinoyat quroli hisoblangan 1 dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025